iSammi
Telefon va elektronika do'konlari uchun

Do'konni boshqaring —
bitta tizimda

Sotuv, IMEI bo'yicha sklad, kassa, qarzlar va zakazlar — saytda va iPhone ilovasida. AI yordamchi esa savollaringizga do'kon ma'lumotlaridan javob beradi.

Demo versiyada hamma ma'lumot o'ylab topilgan — istagan narsani bosib ko'ring.

Do'kon kuni uchun kerak bo'lgan hammasi

Sayt va iPhone ilovasi bitta bazada ishlaydi: telefonda ko'rganingiz saytdagi bilan bir xil.

IMEI bo'yicha sklad

Har bir telefon alohida yozuv: qaysi do'konda, tannarxi, holati. Kamerani qutiga qarating — qurilma darhol topiladi.

Sotuv va foyda

Naqd, karta, terminal yoki qarzga sotuv. Foyda har bir sotuvda o'zi hisoblanadi, dashboard esa biznesni bir qarashda ko'rsatadi.

Kassa va qarzlar

Har bir kassa balansi yozuvlardan hisoblanadi. So'mdagi qarz so'mda, dollardagi dollarda — aralashmaydi.

Zakazlar

Ta'minotchi invoysining rasmini yuklang — AI qatorlarni o'qiydi. Zakaz «yo'lda → keldi → skladda» bosqichlaridan o'tadi.

AI yordamchi

Savolni oddiy tilda bering: «bu oy qancha foyda qildik?» — AI do'kon ma'lumotlarini qadam-baqadam tekshirib javob beradi.

Telegram agent

Sotuvchilar guruhga odatdagidek yozadi — agent postni sotuv, prixod yoki xarajat qilib yozadi. Shubhalisi navbatda sizni kutadi.

Har kimga o'z ekrani

Egasi butun biznesni ko'radi, assistent — kundalik ishni, sotuvchi — faqat o'zinikini.

Ofis uchun

Do'kon kuni kompyuterdan ham, telefondan ham boshqariladi.

  • Asosiy — kapital, foyda va kunlik oqim
  • Navbat — tekshiruvdagi postlarga javob
  • Pul — kassalar, qarzlar, o'tkazmalar
  • Qidiruv — IMEI yoki seriya bo'yicha qurilma
  • AI — do'kon ma'lumotlari bo'yicha tahlil

Sotuvchi uchun

Kun davomida kerak bo'ladigan hammasi cho'ntakda.

  • Bugun — sotilgan va olingan tovar
  • Oylik — oylik to'lovlari tarixi
  • Postlarim — guruhga yozgan postlar holati
  • Qidiruv — skladdagi qurilma va sotuv narxi
  • AI — o'z savdosi bo'yicha savollar

Demo bilan uch qadamda tanishing

Hech narsa o'rnatish shart emas — brauzerda oching.

Demoni oching

demo.isammi.uz — CRM, telefonda esa demo.isammi.uz/tg.

Rolni tanlang

Admin, Assistent yoki Ishchi — har biri o'z ekranini ko'radi.

Kod bilan kiring

Kirish kodi ekranda chiqadi. Har bir bo'limda qisqa yo'riqnoma nima qilishini tushuntiradi.

Savol bormi?

Kirish, kamera va bildirishnomalar bo'yicha javoblar va biz bilan bog'lanish — yordam sahifasida.

Yordam sahifasi