Yordam
iSammi ilovasi bo'yicha savol yoki muammo bo'lsa — javobini shu yerda toping yoki bizga yozing.
Ilovaga qanday kiriladi
Parol yo'q: telefon raqam va bir martalik kod. Demo versiyada kod shu zahoti ekranda chiqadi.
Rolni tanlang
Kirish ekranida Admin, Assistent yoki Ishchi kartasini bosing — raqam o'zi yoziladi.
Kod oling
«Kod olish»ni bosing. Demo versiyada kod Telegram xabari ko'rinishida ekranning o'zida chiqadi.
Kiring
Xabarni bosing — kod o'zi kiritiladi. Har bir bo'limga birinchi kirganda qisqa yo'riqnoma chiqadi.
Ko'p beriladigan savollar
Kod qayerga keladi?
Demo versiyada kod hech qayerga yuborilmaydi: u kirish ekranining o'zida xabar bo'lib chiqadi. Haqiqiy do'kon tizimida kod xodimning Telegram'iga keladi.
Demodagi ma'lumotlar haqiqiymi?
Yo'q. Demodagi do'konlar, mijozlar, sotuvlar va summalar o'ylab topilgan. Istagan narsani o'zgartirib ko'rishingiz mumkin — demo vaqti-vaqti bilan boshlang'ich holatiga qaytariladi.
Kamera kodni o'qimayapti
iPhone'da Sozlamalar → iSammi → Kamera yoqilganini tekshiring.
Shtrix-kod yoki IMEI'ni ramka ichiga oling va yorug' joyda tuting. Kod o'qilmasa, IMEI yoki seriya raqamini qidiruvga qo'lda yozish mumkin.
Bildirishnomalar kelmayapti
Sozlamalar → Bildirishnomalar → iSammi'da ruxsat yoqilganini tekshiring. Bildirishnoma faqat tizimga kirgan telefonga keladi.
Yo'riqnomani qayta qanday ko'raman?
Ilovada Profil → «Yo'riqnomalarni qayta ko'rsatish». Saytda pastki o'ng burchakdagi «Yo'riqnoma» tugmasi.
Hisobimni qanday o'chiraman?
Bizga samarbadriddinov08@gmail.com manziliga hisob o'chirishni so'rab yozing — hisob o'chiriladi va unga bog'liq kirishlar shu zahoti to'xtaydi.
Ilova qaysi qurilmalarda ishlaydi?
Ilova iPhone uchun. Telefon ko'rinishini istalgan smartfonning brauzerida ham ochish mumkin: demo.isammi.uz/tg.
In English
iSammi is a store management system (CRM) with an iPhone app for phone and electronics shops: sales, IMEI-based stock, cash registers, debts, supplier orders and an AI assistant. This version is a demo connected to a demo server with sample data.
Signing in: choose a role (Admin, Assistant or Worker) or enter a phone number, tap "Kod olish" (Get code), then enter the code shown on the screen. No SMS or messages are sent. For App Review: phone +998 90 000 00 01, code 123456.
Contact: for help, feedback or account deletion, email samarbadriddinov08@gmail.com. Web demo: demo.isammi.uz.